Koronavirus fonida O‘zbekiston Yaponiya fuqarolariga vizasiz rejim joriy qildi

Jamiyat

image
Koreyadagi o‘zbekistonliklar uchun Seul-Toshkent reyslari jadvali e’lon qilindi north_east

Koreyadagi o‘zbekistonliklar uchun Seul-Toshkent reyslari jadvali e’lon qilindi

Yaponiya fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga 90 kunlik vizasiz kirish rejimi joriy qilindi. Bu haqda 29 fevral kuni qabul qilingan "Diplomatik yoki rasmiy pasporti egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish to‘g‘risida"gi Hukumat qarorida so‘z boradi. 

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 martdan paritet asosda Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolari:

-  O‘zbekistonda diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish va Yaponiya Hukumati vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila a’zolari uchun O‘zbekistonda bo‘lish muddatiga;

-  boshqa maqsadlarda 90 kungacha O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Ta’kidlanishicha, vizasiz kirish tartibi O‘zbekistonga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga tatbiq etilmaydi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Yaponiya Koronavirus

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing