Koronavirus Finlyandiyaga ham kirib bordi
Olam
−
30 yanvar 2020
6738Finlyandiyada Uxandan tashrif buyurgan sayyohda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Finlyandiyaning Sog‘liqni saqlash va farovonlik milliy instituti.
"Laplandiyaning markaziy shifoxonasida sayohatchiga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan. Bu holat Finlyandiyada birinchi marotaba kuzatilmoqda", deydi mutaxassislar.
Yangi koronavirus: geografiya, alomatlar va oldini olish
Finlyandiya OAV xabarlariga ko‘ra, bemor besh kun oldin Xitoydan kelgan uxanlik 32 yoshli sayyoh. Uning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, 2019 yil dekabr oyi oxirida Xitoy hukumati Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi kelib chiqqani haqida xabar bergan edi. Hozircha Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Malayziya va BAAda virus bilan kasallanish holatlari qayd qilingan.
Xitoyda yangi 2019-nCoV koronavirusidan vafot etganlar soni 170 nafarga yetdi. Mamlakatning qit’a qismida ushbu virus bilan kasallanganlar soni 7771 nafarga yetdi.
LiveBarchasi