Koronavirus Ekvador iqtisodini falaj qilib qo‘ydi

Olam

image

Ekvadorda koronavirus pandemiyasi sabab qariyb 80 foiz ishlab chiqarish sektori falaj holatiga kelib qoldi. Bunga hukumatning infeksiyaga qarshi kurash doirasida qo‘llagan cheklovlari sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda mamlakat Sanoat palatalari milliy federatsiyasi rahbari Pablo Zambrano ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, federatsiya mamlakat yalpi ichki mahsulotining 50 foizidan ko‘prog‘ini ishlab chiqaradigan 2 mingdan ortiq kompaniya va korxonani birlashtiradi.

“Turizm, ishlab chiqarish, savdo va hunarmandchilik eng ko‘p zarar ko‘rgan tarmoqlar qatoriga kiradi”, dedi Pablo Zambrano.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ekvadorda koronavirusga 1403 nafar odam chalindi. 6 bemor shifo topgan bo‘lsa, 34 kishi vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ekvador

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing