Koronavirus effekti: “Toshkent” xalqaro aeroporti huvullab qoldi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 mart kuni dunyo bo‘ylab pandemiya darajasiga yetgan koronavirus COVID-19 infeksiyasi O‘zbekistonda ham aniqlangani xabar qilindi. Kasallik 11 mart kuni Fransiyadan qaytgan o‘zbekistonlik ayoldan topilgan. Keyinroq ushbu reysda u bilan 250 kishi birga kelgani va ular ham nazoratda ekani ma’lum qilindi. Virus aniqlangan kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi raisi – Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Maxsus komissiya qarori bilan O‘zbekiston chegaralari yopila boshladi.

16 mart kuni O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlar, quruqlik orqali xalqaro yo‘lovchi tashish, tranzit reyslar bekor qilindi. Oradan uch kun o‘tib temir yo‘l transporti harakati ham to‘xtatildi.  Biroq aeroportlar butunlay yopib qo‘yilmadi. Xorijiy davlatlar o‘z fuqarolarini olib ketishi va O‘zbekiston chetdagi fuqarolarini olib kelishi uchun charter reyslar harakati davom etirilib turildi. Misol uchun Misrdan charter reys bilan 177 nafar fuqarolar olib kelindi. 

Bunday reyslar Turkiya, BAA, Koreya va Rossiya kabi davlatdagi fuqarolar uchun ham yo‘lga qo‘yildi. Charter reys bilan Eron va Latviya davlatidan 200 nafardan ziyod fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi. 16 mart kuni Eronga insonparvarlik yordami jo‘natildi. Birlashgan Arab Amirliklari koronavirus pandemiyasining keskin tus olishi munosabati bilan O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi va hokazolar.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 30 mart soat 00:01 dan 20 aprel 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to‘xtatildi. Hozirda mahalliy va xalqaro aeroportlar butkul yopildi. Aeroport ishchi-xodimlariga vaqtincha ta’til berilgan. Favqulodda yoki boshqa maxsus hollardagina ulardan foydalanish mumkin. 

Doim reyslar va odamlar bilan gavjum Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti esa birinchi bor bunday ko‘rinishga keldi. QALAMPIR.UZ tahririyati Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati bilan hamkorlikda bo‘shab qolgan Toshkent xalqaro aeroportidan fotoreportaj tayyorladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus COVID-19 Xalqaro aeroport

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing