Koronavirus chivinlar orqali tarqalishi mumkinmi?

Salomatlik

image

Koronavirus havo harorati ko‘tarilgani sayin yo‘qolib borishini aytishmoqda. Biroq, issiq kunlarda chivin ko‘payadi. Chivin esa virus tashuv hisoblanadi. Chivinlar koronavirusni tashimaydimi? Bu haqda bugun AOKAda o‘tgan onlayn-matbuot anjumanida Sanitariya-Epidemiologiya osoyishtaligi agentligi direktori Bahrom Alimatovga murojaat qilindi. 

Bahrom Alimatovning ma’lum qilishicha, chivinlarning virus tashishga aloqasi yo‘q. Qolaversa, bitta isbotlangan haqiqat bor, havo harorati qancha yuqori va issiq bo‘lsa, viruslar shuncha chekinadi.

“Koronavirus boshqa virusli kasalliklar singari mavsumiy kasallik hisoblanadi. Kunlar isishi ushbu kasallikni yengib o‘tishga yordam beradi”, deydi Alimatov. 

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu virus bilan og‘riganlar 11 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda 2100 kishi karantinga olingan

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

409

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing