Koronavirus: bugun sog‘ayganlar kasallanganlardan ko‘p bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyun kuni O‘zbekistonda 80 holatda kasallik qayd etilgan. Karantin muassasalarida  – 42 nafar, aholi orasidan (Toshkent shahrida –11, Navoiy viloyatida-13, Toshkent viloyatida – 1) jami 25 nafar va 13 nafar xorijdan mamlakat xududiga  kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi.

Bugun 102 nafar fuqaro sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4520 nafar bemordan 3459 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonning to‘qqiz xududidagi  tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1043 nafar bemordan 8 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 449 627 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 403 595 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 22 957 nafar, statsionar karantinda esa 23 075 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing