Koronavirus: Bugun kasallanganlarning barchasi aholi orasida aniqlandi
Jamiyat
−
22 iyul 2020
25862Bugun, 21 iyul kuni O‘zbekistonda 567 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida hamda uy sharoitida 58 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 17 881 nafar bemordan 9 521 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 265 nafar bemordan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 62 513 nafar, statsionar karantinda esa 23 754 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi