Koronavirus: bugun kasallanganlar sog‘ayganlardan bir necha o‘n barobar ko‘p bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 8 iyun kuni O‘zbekistonda 109 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Karantin muassasalarida – 39 nafar, aholi orasidan (Toshkent shahrida – 54, Navoiy viloyatida-5, Toshkent viloyatida – 4, Namangan viloyatida - 3) 66 nafar va 4 nafar xorijdan O‘zbekiston xududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi.

Bugun 3 nafar fuqaro sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4440 nafar bemordan 3357 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1065 nafar bemordan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 444 715 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 399 413 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 23 549 nafar, statsionar karantinda esa 21 753 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

448

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing