Koronavirus: Bugun aholi orasida 195 bemor aniqlandi, 3 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyul kuni O‘zbekistonda 463 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 268 nafari karantin muassasalarida, 195 nafari aholi orasida aniqlangan. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 243 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12027 nafar bemordan 7530 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 62 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4443 nafar bemordan 43 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

578

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing