Koronavirus: Bugun 4 o‘lim va 485 ta yangi holat qayd etildi
Jamiyat
−
17 iyul 2020
15204Bugun, 16 iyul kuni O‘zbekistonda 485 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 97 nafari Karantin muassasalarida, 349 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Navoiy, Xorazm hamda Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 128 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 15066 nafar bemordan 8783 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 58 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6208 nafar bemordan 58 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 57 365 nafar, statsionar karantinda esa 21 779 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi