Koronavirus: bir sutkada 500 ga yaqin yangi bemor aniqlanib, 4 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
13 iyul 2021
57722021 yil 12 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 497 nafarga oshib, 116918 nafarni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, kecha kun davomida 283 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 38 nafari Andijon viloyatida,
- 23 nafari Buxoro viloyatida,
- 27 nafari Jizzax viloyatida,
- 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Navoiy viloyatida,
- 41 nafari Namangan viloyatida,
- 43 nafari Samarqand viloyatida,
- 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 51 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 26 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 9 nafari Xorazm viloyatida,
- 46 nafari Toshkent viloyatida,
- 122 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 103 nafar,
- Buxoro viloyatida 9 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
- Navoiy viloyatida 15 nafar,
- Namangan viloyatida 42 nafar,
- Samarqand viloyatida 43 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 26 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 82 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 54 nafar,
- Xorazm viloyatida 13 nafar,
- Toshkent viloyatida 41 nafar,
- Toshkent shahrida 56 nafar bemor tuzalgan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 112 018 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 778 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi