Koronavirus bilan zararlanish holatlari 3300 taga yaqinlashdi
Jamiyat
−
26 may 2020
71842020 yil 26 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3290 (+9) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazida, qolgan 6 nafari Samarqand viloyatida karantinga olingan fuqarolar ichida aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda2636 (+29) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Avval xabar qilinganidek, sog‘ayganlarning 15 nafari Toshkent shahri, 2 nafari Andijon viloyati, 7 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Xorazm viloyati hamda 2 nafari Samarqand viloyatidan.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 640 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi