Koronavirus bemorlarining uyiga yetkazib beriladigan dorilar qanday ichiladi?

Jamiyat

O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash belgilandi.

Respublika maxsus komissiyasi a’zosi, Tibbiyot fanlari doktori, professor Feruza Hamroboyeva uyda davolanayotgan fuqarolarga tarqatiladigan bepul dorilar jamlanmasi, uning tarkibi hamda qanday qabul qilish tartibi haqida tushuntirish berdi.

Hamroboyevaning ma’lum qilishicha, jamlanmaga bezgakni davolashda foydalaniladigan “Gidroksixloroxin” dorisi kiritilgan. Bu dori kuniga ikki mahal ovqat vaqtida bitta tabletkadan kabul qilinadi. Davomiyligi 2-5 kun.

Navbatdagi dori “Azitromitsin” antibakterial vosita hisoblanadi. Dori kuniga 500 mg.dan. kuniga bir mahal ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul qilinadi. Davomiyligi 3-5 kun. Jamlanmadagi dori dozasi bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, kattalar uni ikkitadan qabul qiladi.

Dori jamlanmasiga shuningdek, harorat ko‘tarilganda qabul qilish uchun “Paratsetamol” va immun tizimini yaxshilash uchun “Askorbin kislotasi” (“Vitamin S”) qo‘shilgan. Shuningdek, qutichada tibbiy niqob ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing