Koronavirus bemorlarining ahvoli haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Bugun, 15 iyul kuni O‘zbekistonda 496 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 200 nafari Karantin muassasalarida, 291 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida aniqlandi.

Shu bilan birga, 15 iyulda  4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax hamda Farg‘ona viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 328 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 14581 nafar bemordan 8655 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5855 nafar bemordan 51 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 57 500 nafar, statsionar karantinda esa 21 738 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

553

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing