Koronavirus alomatlari qanday namoyon bo‘ladi?

Jamiyat

image

Koronavirus simptomlari virus odam organizmiga tushganidan so‘ng o‘rtacha 5-6 kundan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Uning inkubatsion davri 14 kun davom etadi. 

COVID-19 alomatlari quyidagi tartibda namoyon bo‘ladi:

1-4 kun. Asosiy alomati – tana harorati ko‘tariladi. Ba’zilarda mushaklar og‘rishi, quruq yo‘tal, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kuzatiladi. Kasallik boshlanishi yengil shaklda bo‘lishi ham mumkin, bunda bemor jiddiy qabul qilmaydi.

5-6 kun. Nafas olish qiyinlashadi. Ayniqsa, mavsumiy kasalliklari bor yoshi kattalar, qariyalarda kuzatiladi.

7-8 kun. Nafas olish yanada qiyinlashadi, biroq ushbu davrda boshqa alomatlar kuchsizlanishi mumkin.

9-10 kun. Infeksiyani boshidan og‘ir kechirayotgan bemorlar jonlantirish bo‘limiga o‘tkaziladi. Barcha alomatlarga qorin sohasida og‘riq ham qo‘shiladi.

12-kun. Bemorlar tuzala boshlaydi, harorat ko‘tarilishi to‘xtaydi.

17-kun. Sog‘ayganlarga javob beriladi.

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusdan profilaktika uchun qanday dorilar ichish kerakligi haqida ma’lumot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

3259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing