Koronavirus AQSH aholisini xudojo‘yroq qildi

Olam

image
Tojikiston rahbari fermerlarni ro‘za tutishni keyinga qoldirishga chaqirdi north_east

Tojikiston rahbari fermerlarni ro‘za tutishni keyinga qoldirishga chaqirdi

Koronavirus amerikaliklarning diniy xatti-harakatlariga ta’sir qildi. Bu haqda “PEW” tadqiqot markazi o‘z tadqiqotlariga asoslanib ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, AQSHdagi yoshi kattalarning yarmidan ko‘pi koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun ibodat qilganliklarini aytishgan. Epidemiya paytida avvaldan ibodat qiladigan amerikaliklarning katta qismi (83 foizi) endi har kuni ibodat qilayotganini aytgan. Ular safiga kamdan-kam ibodat qiladiganlarning 15 foizi va hech qanday dinga mansub bo‘lmaganlarning 24 foizi qo‘shilgan.

AQSHda o‘rnatilgan cheklovlar sabab ko‘pgina dindor amerikaliklar cherkovlarga bora olmayapganini aytishgan. Lekin, ular doimiy ravishda onlayn cherkov bilan bog‘lanib, ibodat qilishayotganini ta’kidlashgan.

Ma’lumot uchun, AQSH aholisining 63,7 foizini xristianlar, 1,9 foizini yahudiylar, 0,9 foizini musulmonlar va 0,7 foizini buddistlar tashkil qiladi. Hech qanday dinga aloqador bo‘lmaganlar 22,8 foizni tashkil qiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 852 610 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 84 191 nafari sog‘aygan, 48 295 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 720 124 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Din Koronavirus AQShda

Baholaganlar

236

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing