Senat “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasining o‘n oltinchi yalpi majlisida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish doimiy komissiyalari a’zolari, ekspertlar, mutaxassislar ishtirokida mazkur qonun o‘rganilib, dastlabki tarzda ko‘rib chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, qonunning maqsadi vijdon erkinligi kafolatlarini kuchaytirish, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’minlashning qonuniy mexanizmlarini mustahkamlash, shuningdek, davlatning din ishlari bo‘yicha siyosatini takomillashtirishdan iborat.

“Ushbu Qonunning hozirgi kunda dolzarbligi, o‘tgan davr mobaynida fuqarolarning diniy e’tiqodini amalga oshirishda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish, diniy ta’lim olishni va diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishini ta’minlash, dinlararo va millatlararo nizolarni kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi.

Mazkur Qonun bilan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy sohada umume’tirof etilgan huquq va erkinliklarni va bevosita O‘zbekiston sharoitida dinlararo munosabatlarni shakllanishining tarixiy sharoitlarini o‘z ichiga olganini, ushbu omillarni inobatga olmay turib mamlakatimizda yashovchi millatlar va elatlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarining muvozanatini saqlab qolish, ularning turli diniy e’tiqodlari va his-tuyg‘ularini hurmat qilishni ta’minlashning imkoni yaratiladi”, deyiladi axborotda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Din Senat Vijdon erkinligi

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing