Koronavirus agressivligi kamaydimi?

Jamiyat

image

Koronavirus agressivligi kamaymagan. Bu faqatgina odamlarni karantin qoidasiga amal qilishi natijasida sodir bo‘lmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Sanitariya-epidlemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Yevropalik mutaxassislar koronavirus infeksiyasining agressivligi mart oyiga qaraganda havo isishi tufayli pasayganini aytishmoqda. O‘zbekistonda ahvol qanday?

"Boshqa davlatlardaki kabi O‘zbekistonda ham kasallik birmuncha kamayganini kundalik kuzatuvlardan ko‘rib boryapmiz. Bunga virus agressivligining pasayishi emas, aksincha insonlarda shu virusga nisbatan "o‘zini-o‘zi himoya qilish" ya’ni kurashish qobiliyati paydo bo‘lgani va virusga nisbatan betinim olib borilayotgan karantin choralari sabab bo‘lmoqda.

Ob-havoning isib ketishi ham qaysidir darajada ta’sir etgan bo‘lishi mumkin", deydi Nurmat Otabekov.

Avvalroq, koronavirusdan shifo topgandan so‘ng kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida ma’lumot berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

313

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing