Koronavirus: 7 soatda 5 hududda yangi kasallanish aniqlanib, 452 kishi sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 1 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 265 nafarga oshib, 24 569 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 137 nafari Toshkent viloyatida, 100 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Surxondaryo hamda 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 184 nafar, Toshkent shahrida 170 nafar, Buxoro viloyatida 62 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 452 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 14 916 (+452) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 508 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing