Koronavirus: 400 dan ortiq bemor aniqlandi. Ikki kishi vafot etdi
Jamiyat
−
23 iyun 2021 5425 1 daqiqa
Kecha, 22 iyun kuni O‘zbekistonda 419 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan O‘zbekistonda jami koronavirus holatlari 107 266 taga yetdi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 10 nafari Andijon viloyatida,
- 25 nafari Buxoro viloyatida,
- 27 nafari Jizzax viloyatida,
- 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 6 nafari Navoiy viloyatida,
- 14 nafari Namangan viloyatida,
- 64 nafari Samarqand viloyatida,
- 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 35 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 8 nafari Xorazm viloyatida,
- 72 nafari Toshkent viloyatida,
- 136 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 23 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
- Namangan viloyatida 16 nafar,
- Samarqand viloyatida 33 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 22 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 174 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
- Xorazm viloyatida 9 nafar,
- Toshkent viloyatida 46 nafar,
- Toshkent shahrida 180 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 103 074 (+528) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 722 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3470 nafar bemor davolanmoqda.
Live
Barchasi