Koronavirus: 11 sentyabrda 7 o‘lim va 593 ta kasallanish qayd etildi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2020
9211Bugun, 11 sentyabr kuni O‘zbekistonda 593 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida jami 468 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 272 nafar bemordan 43 023 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 869 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi