Koronavirus Habib va Fergyusonga ta’sir o‘tkaza olmadi
Sport
−
22 mart 2020
10000UFC-249 turnirida dog‘istonlik jahon chempioni Habib Nurmuhamedov va meksikalik Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang koronavirus sabab qoldirilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda UFC tashkilotining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq, tashkilot prezidenti Dana Uayt ikki jangchi o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.
Jang 18 aprel sanasida o‘tishi rejalashtirilgan va u Nyu-Yorkda kechadi.
Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhammedov UFCʼdagi professional faoliyati davomida 28 marotaba oktagonga ko‘tarilgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 8 ta jangda Habib raqiblarini nokautga uchratgan.
Toni Fergyuson UFCʼda professional faoliyati davomida 28 marotaba jang o‘tkazgan. O‘tkazilgan janglarning 25tasida g‘alaba qozongan. 3 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
LiveBarchasi