Charlz Oliveyra “iste’fo”dagi Habib bilan jang qilmoqchi
Sport
−
13 Oktabr 2022
11141Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik Charlz Oliveyra Islom Maxachevning mag‘lub etganidan so‘ng, Habib Nurmuhamedov qasos olish uchun sportga qaytsa, u bilan jang qilishga tayyor. Bu haqda “BJPenn” nashri yozmoqda.
"Maxachev bilan jang mening faoliyatimdagi eng qiyini emas. Islom Habibning davomchisi va u bu yukni yelkasida ko‘taradi. Men uchun esa bu shunchaki jang. Men janglarni bir-biridan ajratmayman. Bu Islomga qarshi kurash, lekin agar Habib qaytib kelib, qasos olmoqchi bo‘lsa, men u bilan urishishga tayyorman. Lekin u qaytib keladi, deb o‘ylamayman. Habibning qarorini to‘liq hurmat qilaman.
Men Maxachev bilan jangda dunyoni hayratda qoldiraman. Men jangni birinchi raundda yakunlayman. O‘zimning mahoratim bilan uniki o‘rtasidagi farqni, raqiblarimning saviyasi va uning raqiblarining saviyasidagi tafovutni ko‘rsataman. Shundan so‘ng, odamlar nima uchun chempionning ismi Charlz Oliveyra deb atalishini tushunadi. Men hali ham Konor Makgregor bilan jang qilishni xohlayman. U ahmoq emas, bundan tashqari u aqlli odamlar bilan maslahatlashadi. U odamlarni hayajonga soladi va janglarni sotishni biladi”, deydi Oliveyra.
Qayd etish kerakki, braziliyalik jangchi Konor bilan to‘qnashish haqida tez-tez gapiradi. Konor Magregor ketma-ket mag‘lubiyatlariga qaramay, ko‘pchilik jangchilarning orzusi bo‘lib qolmoqda. Sababi UFC 'da Konordan kuchliroq jangchilar bo‘lgan va ular hozir ham bor. Lekin UFC'ga hali hech kim irlandiyalik jangchi kabi katta pul olib kelmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan UFC 274 musobaqasidagi so‘nggi jangi oldidan Oliveyra ortiqcha vazn muammosiga duch keldi va shu sababli chempionlik unvonidan mahrum qilindi. Uning raqibi amerikalik Jastin Getji vazn limitini bajargan bo‘lsa-da, Oliveyrani mag‘lub qila olmadi. Shu sababli chempionlik kamari vakant qolgandi.
Maxachev esa uzoq davom etgan g‘alabali seriyadan so‘ng, chempionlik unvoniga da’vogar pozitsiyasiga ko‘tarildi. UFC Fight Night 202 turniridagi so‘nggi jangida Islom amerikalik Bobbi Grinni birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Ma’lumot uchun, braziliyalik Charlz Oliveyra va rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi vakant chempionlik uchun bahs joriy yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu jang g‘olibi yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi.
LiveBarchasi