Korxonalarga SI joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda korxonalarga SI joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezidentning Xivada bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ma’lum qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sun’iy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin ortgan. 25 foizida tannarx kamayib, 40 foizida daromad o‘sishi hisobiga ishchilarning oyligi 10 foizdan ko‘proq ko‘tarilgan.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oshiriladi.

“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi. Korxonalarga sun’iy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Yangi mahsulot uchun sun’iy intellekt modelini yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi. Ilmiy-tadqiqot xarajatlari ham byudjetdan qoplanadi.

Tadbirkorlar foydalanishi uchun tayyor sun’iy intellekt dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi. Dasturning birinchi bosqichiga kamida 100 million dollar ajratiladi.

To‘qimachilikdagi tajriba elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etiladi. Ushbu korxonalarda avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing