Namanganda 10 mln dollarlik mehmonxona kompleksi quriladi
Jamiyat
−
14 iyul 2019
4729Kecha, 13 iyul kuni Namangan viloyat hokimligida Koreyaning “Plan best energy” kompaniyasi rahbariyati bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Namangan viloyati hokimligi hamda “Plan best energy” kompaniyasi o‘rtasida Namangan shahrida uch va to‘rt yulduzli yirik mehmonxona kompleksi, konferensiyalar saroyi, savdo markazi hamda bolalar bog‘chasi qurish bo‘yicha anglashuv Memorandumi imzolandi.
Kelishuvga binoan, umumiy qiymati 10 million AQSH dollari bo‘lgan bu loyiha, bosqichma bosqich amalga oshiriladi. Koreya kompaniyasi o‘z zimmasiga insho etiladigan majmua atrofidagi infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ham mas’uliyatni oldi.
Memorandumni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda Koreyaning “Plan best energy” kompaniyasi rahbari Chon Man Su imzoladi.
LiveBarchasi