JSST ijrochi direktori Piter Salama vafot etdi
Olam
−
24 yanvar 2020
4355Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ijrochi direktori Piter Salama 52 yoshida vafot etdi. U “Chegara bilmas shifokorlar” harakatining sobiq a’zosi edi. Salamaning vafot etganini JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.
“Hamkasbim va do‘stim, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ijrochi direktori Piter Salama bevaqt olamdan o‘tganidan chuqur qayg‘udaman. Piterning oilasi, do‘stlari va hamkasablariga hamdardmiz”, deb Tedros Adan Gebreyesus Twitter`dagi sahifasida tvit qoldirdi.
Avstraliyada tug‘ilgan Salama JSSTga 2016 yilda ishga kelgan, bungacha 14 yil mobaynida BMT Bolalar fondi (UNICEF), “Chegara bilmas shifokorlar” harakati hamda “Concern Worldwide”da turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Oxirgi yillarda JSSTda ehtiyojmandlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha ishlab kelayotgandi. Xususan, UNICEF`ning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasi bo‘yicha direktori vazifasini bajargan.
LiveBarchasi