Koreyaga “Xinnamnor” to‘foni yopirildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Koreya Respublikasi qirg‘oqlariga so‘nggi yillardagi eng yirik “Xinnamnor” to‘foni yopirildi. Oqibatda hozirgacha 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat sharqidagi Pxoxan shahridagi suv bosgan avtoturargohda yetti kishi halok bo‘lgan, qutqaruvchilar ikki kishini qutqarishga erishgan. Umumiy hisobda esa mamlakatda to‘fon qurbonlari soni 10 taga yetgan.

“Favqulodda xizmatlar qidiruv va suv bosgan avtoturargohni tozalash ishlarini davom ettirmoqda, biroq yangi omon qolganlarni topish dargumon”, deb yozadi agentlik.

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol eng ko‘p to‘fon ta’sir qilgan Pxoxan shahrini maxsus ofat hududi deb e’lon qilish niyatidaligini aytgan. Shuningdek, u Pxoxanga tashrif buyurishini rejalashtirmoqda.

Koreya meteorologiya xizmatining ma’lum qilishicha, to‘fon 6 sentyabr kuni Koreya yarim orolining janubiy qismiga yetib borgan va bir necha soatdan keyin Yaponiya dengizi tomon yo‘l olgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

to'fon

Baholaganlar

163

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing