Koreyadan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami keldi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyul kuni Koreya Respublikasi hukumati taqdim etgan va O‘zbekistn Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordamining ikkinchi qismi ortilgan “Korean Air” aviakompaniyasi samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 15:10 da O‘zbekistonga yetib keldi.

Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 144 ming dona tibbiy niqobdan iborat insonparvarlik yordamining birinchi jo‘natmasi joriy yilning 10 iyul kuni yetkazib berilgan edi. Hozirgi ko‘mak yukida 206 ming dona shu kabi tibbiy niqoblar mavjud.

Ta’kidlash joiz, koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonda tarqalishining dastlabki kunlaridan boshlab Koreya Respublikasi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga doimiy ravishda texnik va maslahat yordamini ko‘rsatib kelmoqda.

Xususan, koronavirus tarqalishining dastlabki bosqichida professorlar Soy Chje Uk va Yun Sыng Ju maslahatchi sifatida O‘zbekistonda bo‘lib, mahalliy mutaxassislarga kasallikka qarshi kurashda yordam berdi. Aprel oyi oxirlarida mamlakatga qiymati 250 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan diagnostika to‘plamlari taqdim etildi.

Bundan tashqari, Koreya Respublikasining elchixonasi, Xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA), Xalqaro sog‘liqni saqlash va tibbiyot jamg‘armasi, Suv korporatsiyasi, Yer va uy-joy korporatsiyasi (LH) ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga yordam ko‘rsatdi. Janubiy Koreya kompaniyalari ham bu jarayonda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik bundan keyin ham o‘zaro yordam va hamkorlikni yanada mustahkamlashga imkon beradi, deya qayd etiladi Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing