Koreyadagi vatandoshlar O‘zbekistonga 1 million 570 ming AQSH dollari investitsiya kiritmoqchi

Jamiyat

image

Janubiy Koreyada yashayotgan 10 nafar o‘zbekistonlik mamlakatga 1 million 570 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritmoqchi. Bu haqda O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi xodimlarining Ulsan shahri yashayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan muloqotida so‘z borgan, deb yozmoqda “Dunyo” axborot agentligi. 

Qayd etilishicha, Ulsan shahrida mingdan ortiq o‘zbekistonlik fuqaro yashaydi. Ular, asosan,”Hyundai” kompaniyasining kemasozlik zavodida mehnat qiladi. Shuningdek, Ulsan universitetida 400 dan ortiq o‘zbekistonlik tahsil oladi.

Uchrashuvda 10 nafar o‘zbekistonlik loyihalarini amalga oshirish uchun 1 million 570 ming dollar miqdorda  sarmoya kiritish bo‘yicha taklif bildirgan. 

“Shunday qilib, O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi “Oltin daftari”ga kiritilgan vatandoshlar safi 110 kishidan oshdi. Ular tomonidan jalb qilinadigan investitsiyalarning umumiy hajmi qariyb 15,5 million dollarni tashkil etmoqda”, deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida o‘zbekistonliklarga Janubiy Koreyada bo‘lgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning huquqiy yechimlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing