Koreyadagi shifoxonada qolayotgan Abram Oqilovning davolanish xarajatlari masalasi hal bo‘ldi

Olam

image

2018 yilning iyul oyidan beri Seul shahridagi shifoxonada davolanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilovning sog‘ligi holati uni davolayotgan shifokorlar tomonidan “barqaror” deb baholanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi ma’lumot berdi.

Ayni paytda bemorning oldida bo‘lib turgan onasi, akasi va singlisiga uni aravachada shifoxona hududida sayr qildirishlariga shifokorlar tomonidan ruxsat berildi.

Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Бандлик va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017 yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va 2018 yilning 27 iyul kuni komaga tushib qolgan.

Elchixona, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi ҳамда advokatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida sug‘urta kompaniyasi Abram Oqilovning Janubiy Koreya shifoxonasida davolanishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qoplash va uning mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davri uchun kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida қарор qabul qilgan.

Qayd etilishicha, diplomatik vakolatxona mazkur masalani nazoratga olgan va bemorga g‘amxo‘rlik qilayotgan qarindoshlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi.

Маълумот uchun, Janubiy Koreyada komaga tushgan o‘zbekistonlik bo‘yicha shifoxona 93 ming dollar miqdorida hisob chiqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Abram Oqilov

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing