Koreyada o‘zbekistonlik baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
Olam
−
31 avgust 2019
5315Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa sababli vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 30 avgust kuni Chungnam provinsiyasida O‘zbekiston fuqarosi X.S. ish joyida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan.
Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda o‘zbekistonlikning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023