Koreyada to‘p tepayotgan o‘zbek Farg‘ona klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Sport

image

Janubiy Koreyaning “Seonnam” klubi a’zosi Ikrom Aliboyev Farg‘onaning “Neftchi” klubiga o‘tish arafasida. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Yangi mavsumda o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan Farg‘ona klubi tez orada 30 yoshli yarim himoyachi transferini e’lon qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ikrom Aliboyev faoliyatining aksar qismini Janubiy Koreyada o‘tkazgan. U “Seonnam”dan tashqari “Seul”, “Tedjon” va “Kanvon” kabi jamoalarda to‘p tepgan. “Transfermarkt” tomonidan 325 ming yevroga baholanayotgan Aliboyev 2023/24 yilgi mavsumda “Seonnam” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ikrom Aliboev Koreya Neftchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing