Koreyada Kurash bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilyapti
Sport
−
04 Sentabr 2019 4343 1 daqiqa
Janubiy Koreyaning Chongju shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon jang san’atlari festivali doirasida kurash bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bahslari ham o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kunida ishtirokchilar beshta vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga tushdi. Jumladan, erkaklar 81 hamda 90 kilogramm, ayollar esa 57, 63 va 70 kilogrammda dunyo birinchiligini qo‘lga kiritish uchun kurashdi.

O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan turnirning erkaklar o‘rtasidagi bosqichlarida har ikki vazn toifasida ham oltin medallar o‘zbek polvonlari ko‘ksini bezagan bo‘lsa, ayollardan faqat 70 kilogramm vazn toifasida gilamga tushgan Nilufar Ergasheva jahon chempioni, degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025