Boeing ikki halokatdan keyin 737 MAX samolyotini ishlab chiqarishni to‘xtatyapti
Texnologiya
−
17 dekabr 2019
4481Boeing kompaniyasi 2020 yil yanvardan vaqtincha Boeing 737 MAX rusumli samolyotlar ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya bayonot berdi.
Boeing kelasi oydan ushbu modeldagi samolyotlar ishlab chiqarishni to‘xtatib, zaxirada yig‘ilib qolgan 400 ta Boeing 737 MAX`ni buyurtmachilarga yetkazish bilan shug‘allanadi. Shunga qaramay, kompaniya ishchilarini bo‘shatish niyatida emas.
Avvalroq, Boeing yanvardan 737 MAX samolyotlarini ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida “The Wall Street Journal” xabar bergandi. Uning manbasi aniqlik kiritishicha, so‘nggi vaqtlarda kompaniya oyiga 40 ta shunday samolyot ishlab chiqargan.
Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanish 2018 yilning 10 mart va 29 oktyabridagi ikki aviahalokatdan keyin to‘xtatilgandi. 10 mart kuni Efiopiyada Ethiopian aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 MAX 8 samolyoti halokatga uchrashi natijasida 157 kishi qurbon bo‘lgan. 29 oktyabrda Indoneziyada Lion Air kompaniyasining shunday samolyoti qulashi natijasida 189 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.
Boeing rahbariyati samolyot xavfsizlik tizmida nosozlik bo‘lganini tan oldi. Halokatdan keyin esa AQSH, Rossiya va Yevropaning qator davlatlari bu modeldagi samolyotdan foydalanishni taqiqladi.
LiveBarchasi