O‘zbekiston dunyoga it eksport qilyapti

Jamiyat

image

Joriy yilning yozida Janubiy Koreya bojxona xizmati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazidan “Labrador” zotli xizmat itlarini xarid qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

“Giyohvandlik vositalarini qidirish” yo‘nalishida tayyorlangan 3 bosh xizmat itlari Toshkent xalqaro aeroporti orqali  Koreya Respublikasiga eksport qilingan.

“O‘tgan yili Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Koreyada bo‘lib, ushbu davlatning bojxona xizmati rahbarlari bilan kinologiya sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan edi. Milliy kinologiya markazida  tayyorlangan xizmat itlarini kelgusida boshqa xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilish rejalashtirilmoqda”, deyiladi qo‘mitaning xabarida.

Unga ko‘ra, ushbu hamkorlik doirasida yetkazib berilgan xizmat itlarining narxi ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Koreya kinologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing