Koreya Prezidenti xalqdan uzr so‘radi

Olam

image
0:00
0:00
download

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol kecha, 10 avgust kuni xalqidan joriy haftadagi kuchli yomg‘irlar yetkazgan zarar uchun uzr so‘radi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Koreyada meteorologik kuzatuvlar natijasida 80 yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, u uch kun davom etgan. Yo‘llar, Seuldagi ayrim metro stansiyalari va uning atrofidagi binolarni suv bosgan. Noqulay ob-havo tufayli kamida 16 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohatlangan, yana yetti kishi bedarak yo‘qolgan. 

Shu munosabat bilan Seul va uning atrofidagi hududlarda suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilishda Prezident o‘z fuqarolarini himoya qilish bo‘yicha “cheksiz mas’uliyati”ni ta’kidlab, barcha hukumat amaldorlari bu burchni yodda tutishlarini istashini aytgan. Mamlakat rahbari avvalgi tajribasidan kelib chiqib, bunday holatlarga endi javob berishning iloji bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.

“Jabrlanganlar uchun ibodat qilaman va Hukumat nomidan tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan odamlardan uzr so‘rayman”, degan Prezident.

Shuningdek, Yun Sok Yol Hukumatni aholi tezda kundalik hayotga qaytishi uchun hamma narsani qilishga chaqirgan.

“Yonhap” ma’lumotlariga ko‘ra, Seul va uning atrofida kuchli yomg‘irlar oqibatida jami 2676 ta uy hamda binolarni suv bosgan. Xavfsizlik maqsadida poytaxtda 570 ga yaqin kishi mahalliy maktablar va sport zallariga ko‘chirilgan, qolgan 1253 kishi esa vaqtincha evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

323

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing