Koranavirusning vaksina samaradorligini 10 baravarga kamaytiradigan mutatsiyasi aniqlandi
Olam
−
04 fevral 2021 5317 1 daqiqa
Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari koronavirusning vaksina samaradorligini 10 baravarga kamaytiradigan xavfli mutatsiyasini aniqladi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Olimlar tomonidan E484K deb nomlangan Britaniyaning B.1.1.7 shtammi mutatsiyasi 11 ta holatda aniqlangan.
BioNTech-Pfizer vaksinasini olgan odamlarning qonidan olingan antitanalar ushbu vaksina E484K mutatsiyali virusga qarshi 10 baravar kam samara berishini ko‘rsatgan.
Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok mutatsiya holatlari Bristol va Liverpulda aniqlanganini tasdiqlagan.
Ayni paytda Buyuk Britaniyada 10 million kishi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan va olimlar emlash dasturi yangi mutatsiyaga qarshi u qadar samarali bo‘lmasa ham, kasallanish va o‘limni kamaytirishga yordam berishiga ishonchi komil.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr