JSST “omikron” shtammining xavfli jihatini ma’lum qildi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) kecha, 28 noyabr kuni bayonot e’lon qildi, unda yangi “omikron” koronavirus shtammi haqidagi barcha so‘nggi ma’lumotlar keltirilgan.  

Unda aytilishicha, COVID’ni boshdan o‘tkazganlarning “omikron” bilan kasallanish xavfi ortishi mumkin. 

“Dastlabki dalillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa tashvishli variantlarga qaraganda, “omikron” bilan qayta kasallanish xavfi yuqori. Ammo bu boradagi ma’lumotlar cheklangan. Qo‘shimcha ma’lumotlar kelgusi kunlar va haftalarda mavjud bo‘ladi”, deyilgan bayonotda. 

Bayonotda, shuningdek JSST hozircha “omikron”ning yuqumliroq ekani va koronavirusning boshqa shtammlariga, jumladan “delta”ga qaraganda kasallikning og‘irroq kechishini keltirib chiqarishi haqida aniq ma’lumotlarga ega emasligi aytilgan. “Omikron” vaksina immunitetini qanchalik chetlab o‘tishga qodirligi haqida ham ma’lumot yo‘q. Bunga oydinlik kiritish uchun butun dunyoda tadqiqotlar olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, noyabr oyining oxirida Janubiy Afrika olimlari birinchi bo‘lib “omikron” shtammi paydo bo‘lgani haqida xabar berdi. Shtamm juda ko‘p mutatsiyalarga ega, bu esa uni yanada yuqumli va vaksina immunitetini chetlab o‘tish uchun yaxshiroq moslashtirishi mumkin. 

Janubiy Afrikadan tashqari, “omikron” Gonkong, Avstraliya va bir qator G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida aniqlangan. “Omikron”ning tarqalishi tufayli Isroil chet el fuqarolari uchun chegaralarini yopgan birinchi davlat bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus shtamm omikron

Baholaganlar

708

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing