“Afrikancha” koronavirus boshqalaridan nimasi bilan farqli?
Salomatlik
−
26 aprel 2021
9526So‘nggi vaqtlarda dunyoda koronavirus infeksiyasining turli shtammlari tarqalib, epidemiologik vaziyatni keskinlashtirmoqda. Jumladan O‘zbekistonda ham virusning “britancha” va “afrikancha” shtammi aniqlangan.
Bu shtamm boshqalaridan qanchalik xavfli, uning qanday farqli jihatlari bor? Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva shu kabi savollarga javob berdi.
“Afrikancha” shtammning alohida belgisi boshqa mutatsion shtammlarga nisbatan og‘irroq kechuvidadir. Koronavirus infeksiyasi organizmga tushganida gumoral immunitet birlamchi ishni boshlaydi, bu shtamm mazkur jarayonga o‘ta chidamli bo‘lib, gumoral immunitet hujayralari bu shtammni yengishga qiynaladi, natijada virusning organizmni jarohatlash imkoniyati kengayadi”, deydi Ubaydullayeva.
Mazkur shtammni yuqtirgan odamlarda kasallik birdaniga boshlanib, jadal kechadi va qisqa muddatda o‘pkani katta qismini jarohatlashi mumkin. Shuning uchun ham kasallik boshqa shtammlarga nisbatan og‘irroq kechadi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, “afrikancha” shtamm xozirda eng havfli deb tan olingan. Bu shtamm bilan kasallanganlarda koronavirus infeksiyasi og‘ir va o‘ta og‘ir darajada o‘tadi. Lekin bu shtamm birlamchi koronavirusga va “britancha” shtammga nisbatan sekin tarqaluvchandir.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlash jarayoni boshlangan. Hozirgacha mamlakatda 528 751 kishi vaksinaning birinchi dozsi bilan emlangan. Emlash jarayonlarida AstraZeneca va ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanilmoqda.
Go‘zal Halilova
LiveBarchasi