Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Jamiyat
−
21 dekabr 2019
6150Avvalroq, OTMlar kontraktni to‘lovini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning 20 noyabri etib belgilangani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining kecha, 20 dekabrdagi 6-son bayoni bilan to‘lov-kontraktlarni to‘lash muddati yana uzaytirildi.
Bayonga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari) hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar hamda xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati etib 2019 yil 31 dekabr (shu kuni ham) belgilandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr