Kontrakt 6-7 mln atrofida bo‘lishi talabalar uchun haqiqiy imtiyoz — Abduqodir Toshqulov

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan besh tashabbus festivalidagi ishtiroki davomida  pandemiya sharoitida oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlari nega tushirilmaganligi haqida izoh berib o‘tdi. 

“Onlayn ta’lim tizimiga o‘tildi, nega kontrakt narxlari tushirilmadi deyilgani bilan biz ikki yo‘nalishda kontrakt miqdorini tushirdik. Birichidan, pandemiya va onlayn ta’limga o‘tilgani hisobiga rasmiy ravishda barcha oliy ta’lim muassasalarida kontrakt miqdori 10 foizdan tushirildi. Ammo bilasizmi birgina san’at yo‘nalishida bitta talabani o‘qitish uchun o‘rtacha yillik xarajat 20 milliondan 23 million so‘mgacha. Lekin ularning kontrakt narxlari 7 mln. Ya’ni biz kontrakt narxlarini ko‘tarish o‘rniga 10 foiz tushirdik.

Ikkinchidan, esa onlayn ta’lim tizimiga o‘tish vaqtida oliy ta’lim muassasalariga juda katta moddiy texnik bazaga ehtiyoj sezildi. Shuning uchun kontrakt narxlari 6-7 mln atrofida bo‘lishi o‘zbek xalqi va talabalari uchun haqiqiy imtiyoz”, deb ta’kidladi Toshqulov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim tizimidagi hamma muammoning asosi magistraturada ekanligini, OTMlarda o‘qiydigan talabalar uchun falsafiy va diniy bilimlarni mustaqil o‘rganish imkoniyati borligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Sardor Ali Nurmatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Abduqodir Toshqulov

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing