Konte “Manchester Yunayted”ni boshqarishga tayyor – OAV
Sport
−
17:04 374 1 daqiqa
“Napoli”, “Inter”, “Chelsi” va Italiya terma jamoasida ishlagan Antonio Konte “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo‘lishga tayyor. Bu haqda “TEAMtalk” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 54 yoshli murabbiyning vakillari Angliya klubi rahbariyati bilan bog‘lanib, Konte jamoani boshqarishga tayyor ekanini bildirgan. Murabbiyning o‘zi ham Angliya Premer-ligasiga qaytishni istamoqda.
Kontening so‘nggi ish joyi Italiyaning “Napoli” klubi bo‘lgan. U jamoa bilan 2024-2025 yilgi mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Italiyalik mutaxassis 2014–2016 yillarda mamlakat milliy terma jamoasini boshqargan va uni Yevro-2016 chorak finaliga olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, Konte faoliyati davomida “Aretsso”, “Bari”, “Atalanta”, “Siyena”, “Yuventus”, “Inter”, “Chelsi” va “Tottenhem” klublarida ham ishlagan. 2016-2017 yilgi mavsumda italiyalik mutaxassis “Chelsi” bilan Angliya Premer-ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi