Konte Londonga qaytdi. Levining “taqachilar”i APLni zabt etmoqchi 

Sport

image

Londonning “Tottenxem” klubi Antonio Konteni bosh murabbiy etib tayinladi.

“Biz Antonio Kontening bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qilishdan mamnunmiz. Shartnoma 2023 yilning yoziga qadar imzolandi”, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 noyabr kuni Nunu Eshpiritu Santu bosh murabbiylikdan bo‘shatilgani e’lon qilingan edi. Jamoa prezidenti Daniel Levi Angliya Premer ligasining 10-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatidan so‘ng (0:3), shunday qarorga kelgan.

Konte jamoani 3-4 nafar yangi o‘yinchi bilan kuchaytirish istagini bildirgandi. “Taqachilar” italiyalik mutaxassisga qishki transferlar uchun deyarli 180 million yevro mablag‘ ajratishga tayyor. 

“Men murabbiylikka qaytganimdan va yana bosh qahramonlardan biri bo‘lishni maqsad qilgan APL klubida ish boshlaganimdan juda xursandman. “Tottenxem” zamonaviy infratuzilma va dunyodagi eng yaxshi stadionlardan biriga ega. Menga futbolchilik faoliyatim va murabbiy sifatidagi ishtiyoqim, jamoa bilan sovrinlar uchun kurashishni sabrsizlik bilan kutyapman. O‘tgan yozda biz hamkorlik bo‘yicha kelisha olmagandik, chunki “Inter” dagi faoliyatim endigina yakunlangan edi, shuning uchun men murabbiylikka qaytishga shoshilmagandim. Ammo menda yana imkoniyat paydo bo‘ldi, men undan foydalanishga qaror qildim”, deydi Konte.

Ma’lumot uchun, Konte “Chelsi” (Angliya), “Inter” (Italiya) va “Yuventus” (Italiya) klublarida faoliyat yuritgan va ushbu jamoalar bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Inter Tottenxem Antonio Konte A Seriya Daniel' Levi

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing