Konte “Inter”da. Spalettining iste’fosi tasdiqlandi

Sport

−

image

Oxirgi ish o‘rni Londonning “Chelsi” klubi bo‘lgan 49 yoshli murabbiy Antonio Konte rasman Milanning “Inter” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Jamoa rahbariyati italiyalik mutaxassis bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U yaqinda jamoadan ketgan Luchano Spalettining o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Antonio faoliyati davomida 3 marta Italiya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u bir marta “Chelsi” bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Konte bundan avval “Siyene”, “Aretsso”, “Bari”, “Atalanta”, “Yuventus”, “Chelsi” va Italiya terma jamoalarini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing