Konsullik Turkiyada qolayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi 

Olam

image

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda konsulxonaning Telegram'dagi sahifasida ma’lum qilindi.

“Agar siz zilzila  sodir bo‘layotgan viloyatlarda bino ichida bo‘lsangiz hujjatlar va zarur narsalarni olib, binodan tezda chiqing. Xonadan chiqayotganda liftda emas, zinapoyalardan foydalaning. Ko‘chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o‘ting. Tinchlaning va boshqalarni tinchlantirishga harakat qiling”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi raqami – 90-538-035-85-34 va O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasidagi – 90-212-323-20-37, 90-212-323-20-39 ushbu raqamlarga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning markaziy qismida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Hozirda zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 1014 nafarga yetgan.

Dunyoning bir qancha davlatlari – Gretsiya, Ukraina, Rossiya, Belgiya, Italiya, Isroil kabi davlatlar Turkiyaga yordam jo‘natishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston ham kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natishini e’lon qildi. O‘zbekiston FVVga ko‘ra, 7 fevral kuni Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchilar hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing