Konstitutsiyaviy sud o‘tgan yili qabul qilingan qonundan Konstitutsiyaga zid norma topdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunining Fuqarolik kodeksi moddalariga taalluqli qismi Konstitutsiyaga zid deb topildi. Kecha, 31 may kuni Konstitutsiyaviy sud majlisida shunday qaror qabul qilindi.

Sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi M.Abdusalomov, sudyalar A.G‘afurov, F.Kayumov, S.Koshayeva, B.Mirboboyev, G.Pirjanov va K.Uljayevdan iborat tarkibda, katta ekspert K.Xamidovaning kotibligida, fuqaro M.Hasanovaning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 197 va 206-moddalari hamda Uy-joy kodeksi 11 va 27-moddalari normalari Konstitutsiyaga muvofiq emas hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan deb hisoblab, ularning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyati ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida fuqaro M.Hasanova va uning advokati F.Akramov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 31 maydagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni 55-moddasining 12-bandidagi Fuqarolik kodeksining 83, 166, 198, 199 va 206-moddalariga tegishli qismi hamda Fuqarolik kodeksi 197-moddasining mulk huquqi “... mulk huquqini bekor qiluvchi qonunchilikka asosan bekor bo‘ladi”, degan qismi Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiyaviy sud

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing