Konstitutsiyaviy sud qonunchilik tashabbusi bilan chiqdi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2019
3358O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga tuzatish kiritish yuzasidan qonunchilik tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Unda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan to‘lanishi kerak, deyilgan.
Biroq, bu moddada ham, fuqarolik qonunchiligining boshqa hujjatlarida ham zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanmagan: Davlat byudjeti, davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mablag‘lari. Bu esa, eng avvalo, bunday zararlar qoplanishiga erishishga urinayotgan shaxslar nuqtai nazaridan muhimdir.
Normani aniqlashtirish va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega bo‘lishi uchun qonunda aniq to‘lov manbalarini belgilash, huquqni qo‘llash amaliyotida turli xil talqin etishlarni oldini olish hamda fuqarolar va tashkilotlarning manfaatlarini ta’minlash lozim.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasini Konstitutsiyaviy sud o‘zining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalangan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritadi.
LiveBarchasi