Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yakuniy tahriri tayyor bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan xalq tomonidan kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, deputatlar jamoatchilik tomonidan yuborilgan 200 mingdan ortiq takliflarni o‘rganib chiqqan. Bunda xalqaro tajriba ham inobatga olingan, turli sohalardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar jalb etilgan. 

“Bir necha oy davom etgan o‘rganishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yakuniy tahriri tayyorlandi”, deb yozdi Sherzod Asadov o‘z Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat boshqaruvi sohalariga oid o‘ta muhim o‘zgarishlar aks etgani sababli uni referendumga qo‘yishdan avval deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida belgilangan qonunchilik tashabbusiga ega  sub’ektlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda. Bunda parlament, hukumat, jamoatchilik vakillari qonun loyihasiga o‘z takliflari va fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda mazkur qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan alohida ko‘rib chiqilishi va xulosa berilishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Konstitutsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing