Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

O‘zgartirishga ko‘ra, O‘zbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:

•    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
•    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
•    harbiy sudlar;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;
•    fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
•    jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
•    tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
•    tumanlararo ma’muriy sudlari.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarni joriy yilning 6 yanvarida maq’ullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing