Konstitutsiyaga ota-onaning farzand oldidagi majburiyatiga oid qo‘shimcha kiritiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga ota-onalar o‘z farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lig‘i, to‘laqonli va barkamol rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga majburligi belgilab qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 iyun kuni Konstitutsion komissiya yig‘ilishida so‘z ochdi.

Prezident Konstitutsiyada bolaning manfaatlari, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida o‘z aksini topishi zarurligi ta’kidladi.

“Konstitutsiyamizga “Ota-onalar o‘z farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lig‘i, to‘laqonli va barkamol rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish huquqiga ega va bunga majburdir”, degan qoidani kiritish yosh avlod taqdiri uchun mas’uliyatni yanada oshirishga xizmat qiladi”, deydi Prezident Mirziyoyev.

Shu bilan birga, u davlat iqtidorli yoshlarni, ularning moddiy ahvolidan qat’i nazar, doimo qo‘llab-quvvatlashini mustaqil qoida sifatida belgilab qo‘yish muhimligini urg‘ulab, Bosh qomusga quyidagi qoidani kiritishni taklif qildi:

“Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida ma’naviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratadi”.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing